Barrе

Tana mukammalligi uchun balet elementlari bilan fitnes

Barre — raqsni sevuvchilar va balerina kabi nozik tana shakliga ega bo‘lishni istaganlar uchun mo‘ljallangan chiroyli fitnes dasturi bo‘lib, charchatuvchi piruetlar va uzoq vaqt stanok oldida mashq qilishni talab qilmaydi. Barre-fitnes — bu balet, kuch, kardio mashqlari va pilatesni balet stanoklari hamda qo‘shimcha uskunalar yordamida birlashtiradi. Barre — jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, o‘zini balerina kabi his qilish va egiluvchanlikni oshirish uchun mavjud bo‘lgan qulay imkoniyatdir.

barre uslubi nima?

Barre usuli o‘tgan asrning o‘rtalarida nemis balerinası Lotte Berk tomonidan yaratilgan. Umurtqa jarohatidan so‘ng, u an’anaviy mashqlar unga mos kelmasligini tushunadi va reabilitatsiya mashqlarini o‘z ichiga olgan yangi tizimni ishlab chiqdi.

Barre yo`nalishi qanday paydo bo'lgan?

Barre mashqlarining afzalliklari

  • Barre mashg‘ulotlari birinchi navbatda ko‘krak va qorinning chuqur mushaklarini mustahkamlashga xizmat qiladi, bu esa tana tuzilishini yaxshilashga, umurtqa pog‘onasini sog‘lom saqlashga, jismoniy shaklning mustahkamligi, va egiluvchanlikni oshirishga yordam beradi.
  • BARRE fitnes-dasturi barcha mushak guruhlarini faollashtiradi: qo‘llar, oyoqlar, orqa va dumba mushaklari, chidamlilik, kuch va egiluvchanlikni rivojlantiradi.
  • Turli xil mashqlar va amplitudalarni navbatlashishi mashg‘ulotlarni qiziqarli va rang-barang qiladi. Ishtirokchilarning xavfsizligi va salomatligi birinchi o‘rinda turadi.
  • Statik pozalar ma’lum mushak guruhlarini faollashtiradi va bo‘g‘imlarga tushadigan yukni kamaytiradi. Bu turdagi mashqlar yangi boshlovchilar uchun ham mos keladi.

Barre mashg‘ulotlariga qanchalik tez-tez qatnash kerak?

Haftada uch marta mashq qilsangiz, bir necha hafta ichida natijalarni sezasiz: oyoq va dumba mushaklari mustahkamlanadi, qoriningiz tekislanadi, tana holatingiz yaxshilanadi. Mashg‘ulotlar kamroq bo‘lsa, yutuqlar sekinroq namoyon bo‘ladi.
  • futbolka/top;
  • losina;
  • sirtida rezina qatlami bor paypoqlar/yoki yalangoyoq bo‘lish mumkin.

Kiyim shakli:

  • mashg‘ulot boshlanishidan 1,5 soat oldin.

Tavsiya etilgan so‘nggi ovqatlanish vaqti:

qarshi ko‘rsatmalar:

  • Infeksion kasalliklar;
  • Turli jarohatlarning o'tkir bosqichi va bo'g'imlar hamda mushak kasalliklari;
  • Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari;
  • Operatsiyadan keyingi holatlar;
  • O'tkir bosqichdagi grija;
  • Osteoporoz;
  • Homiladorlik.

CHO‘ZISH VA MOSLASHUVCHANLIK

MASHG‘ULOTLARINING BOSHQA YO‘NALISHLARI

Agar siz uzoq vaqtdan beri sport bilan shug’ullanishni xohlasangiz, lekin yo’nalishni hal qila olmasangiz — TSFITNESS® UZBEKISTAN studiyasidagi sinov mashg’ulotlariga yoziling
QAYSI YO'NALISHNI TANLASHNI BILMAYAPSIZMI?
© 2025 ts fitness. BARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN.
HUQUQIY HUJJATLAR
«TS FITNESS» MCHJ
STIR 311550078
Manzili: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, Kichik Beshyog‘och, 104a-uy
Toshkent sh.
KONTAKTLAR
Savdo bo'limi:
Rezyumeni bizning pochtamizga yuboring
JAMOANING BIR QISMI BO'LISHNI XOHLAYSIZMI?
Hamkorlik va reklama masalalari bo'yicha:
Sotib olish va qaytarish shartlari bo'yicha savollar:
Fikr qoldirish: